Qurilish materiallari va buyumlari

Ctrl+F _________ Ctrl+Tab

      1.Bino va inshootlar tannarxining qanchasi qurilish materiallari xissasiga to’g’ri keladi?
  55-60 foizi
2.Qurilish  materiallarini  ko‘rsating?
 Sement
3.Qurilish buyumini  ko‘rsating?
 Temir beton  plitasi
4.Tabiiy qurilish materialni  ko‘rsating?
 Shag‘al
5.Sun’iy  qurilish materialni ko‘rsating?
 Keramzit
6.Materialni  kimyoviy  tarkibi  qanday  ifodalanadi?
 Tarkibidagi  oksidlar  miqdori  bilan
7.Qurilish materiallari kelib chiqishiga ko‘ra  qanday bo‘ladi?
 Sun’iy va tabiiy
8.Materialning mineralogik tarkibi  qanday aniqlanadi?
 Tarkibidagi minerallar miqdori bilan
9.Materialni  makro  strukturasi  nima?
 Oddiy ko‘z bilan  ko‘rinadigan   tuzilishi
10.Materialni  mikro  strukturasi  nima?
 Oddiy va elektron mikroskop orqali ko‘rinadigan tuzilishi
11.Qurilish  materiallari ishlatiIish sharoitiga ko‘ra qanday turlarga bo’linadi?
 Konstruktiv va maxsus
12.Qurilish materiallarining xossalari ularning ………………… bog‘liq bo‘ladi?
 Tarkibi va tuzilishiga
13.Jism tarkibidagi material zarrachalar  yig‘indisi  bu-………?
 Massa
14.Materialning qanday  xossalari uning  tuzilishini yoki atrof-muhitdagi fizik jarayonlarga munosabatini ko‘rsatadi?
 Fizik xossalari
15.Qurilish materiallari va buyumlarini ishlatish davrida hisobga olinadigan xossalari bu-…………?
 ekspluatatsion xossalari
16.Qurilish materiallarining kimyoviy xossasi nima?
 Materialning kimyoviy muhitga nisbatan barqarorligi
17.Qurilish materiallarida korroziya deganda nima tushuniladi?
 Materialning kimyoviy yemirilishi
18.Kimyoviy jihatdan barqaror materialga misol qaysi?
 Shisha
19.Qurilish materiallarining mexanik xossalari nimani ifodalaydi?
 Materialning turli kuchlanishlarga bardoshlilik qobiliyatini
20.Mutloq zich holatdagi, ya’ni g‘ovaksiz va kovaksiz material massasining hajmiga nisbati bu-………..deyiladi?
 Haqiqiy zichlik
21.Qurilish materialining zichligi qanday kattalik bilan ifodalanadi?
 kg/m3
22.Sochiluvchan materiallar (sement, qum, chaqiq tosh, shag‘al va boshqalar) uchun qanday zichlik aniqlanadi?
 To;kma zichlik
23.Qanday materiallar uchun to‘kma xajmiy massa aniqlanadi?
 Sochiluvchan
24.Qaysi  materiallarning  xaqiqiy  va  o‘rtacha  zichligi  teng?
 Po‘lat
25.Materialning suvni o‘ziga singdirish qobiliyati nima deb ataladi?
 Suv shimuvchanlik
26.Hajmi yoki massasiga ko‘ra suv shimuvchanlik qanday kattalikda ifodalanadi?
 foiz (%) da
27.Suv shimuvchanlikni nima bilan ifodalaysiz?
 Foizlarda
28.Atrofdagi havo namligi oshganda g‘ovakli materiallarning ma’lum miqdorda suv shimib olish xossasiga  …………..deyiladi?
 Gigroskopiklik
29.Materialning tashqi kuchlarga bardosh berish xossasi nima deyiladi?
 Mustahkamlik
30.Materialning deformatsiyalardan so‘ng dastlabki shaklini tiklash xossasi — bu:?
 Elastiklik
31.Qurilish materialining g‘ovakligi nimani bildiradi?
 Bo‘shliqlar hajmining umumiy hajmga nisbati
32.Issiqlikni o‘tkazish xossasi qanday ataladi?
 Issiqlik o‘tkazuvchanlik
33.Materialning tashqi muhit   ta’siriga chidamliligi — bu:?
 Atmosferaga chidamlilik
34.Yong‘in chiqqan sharoitlarda yuqori haroratlar va suv ta’siriga materialning qarshilik ko‘rsatish xususiyati bu-…………?
 Olovbardoshlik
35.………….– deb materialga yuqori harorat uzoq vaqt ta’sir qilganda erimasdan va shakli o‘zgarmasdan chidash xossasiga aytiladi?
 o’tga chidamlilik
36.Materialning tashqi kuchlar ta’sirida shakli o‘zgarmay bir onda buzilish xossasi nima deyiladi?
 Mo‘rtlik
37. ………. deb, yedirilish va zarb birgalikda ta’sir qilganda materialning buzilishiga aytiladi?
 Yeyilish
38.Tog’‘ jinsi nima?
 Bir yoki bir necha minerallardan tashkil topgan toshsimon jism
39.Qum, Shag‘al va tuproq tog’‘ jinslarini qaysi guruxiga kiradi?
 Mexanik cho‘kindilarga
40.Tog‘ jinslaridan qanday usulda ishlov berish yo‘li bilan  olinadigan Qurilish materialllari tabiiy tosh materialalar deb ataladi?
 Mexanik  usulda
41.Mexanik ishlov berish usullari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping? 
 Kesish, arralash, parmalash, jilvirlash
42. Mineral  so’zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni bildiradi?
 Lotin tilidan, “ruda” degan ma’noda
43.Monomineral  jinslar  deb   qanday  jinslarga  aytiladi?
 Bitta mineraldan tashkil topgan tog’’ jinslariga
44.Kelib chiqishi bo‘yicha tog‘ jinslari  necha guruxga bo‘linadi?
 3 ta
45.Tog’ jinslari turlari qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
 Magmatik, cho‘kindi,  metomorfik
46.Diabaz, bazalt va vulkan kuli tog’‘ jinslarini qaysi guruxiga mansub?
 Otqindi tog’‘ jinslariga
47. ………………… magmatik tog‘ jinslari o‘ta darajada zichligi, sovuqqa chidamliligi va suvni kam shimib olishi bilan ajralib turadi?
 Chuqurlikda hosil bo‘lgan
47.Magmatik tog’  jinslari qanday xosil bo‘lgan?
 Vulkanlar natijasida yer tagidan chiqqan suyuq magmani yer yuzida qotishidan xosil bo‘lgan.
48.Magmatik tog’jinsi asosida olinadigan qurilish materialini toping?
 Granit
49.Mineral xomashyoga texnologik ishlov berib, yuqori haroratda kuydirish natijasida olingan materialiar  qanday  materiallar deyiladi?
 Keramik materiallar

50.Keramika  so’zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni bildiradi?
 Lotin tilidan, “ gil” degan ma’noda
51.Keramik buyumlar   tuzilishiga ko‘ra ………… keramik buyumlarga bo‘linadi?
 g‘ovak va zich
52.G‘ovak keramikaning suv shimuvchanligi massa bo‘yicha necha  foizdan ko‘p  bo‘ladi?
 5 % dan ko‘p
53.Zich keramikaning suv shimuvchanligi massa bo’yicha necha foizdan kam bo‘ladi?
 5 % dan kam
54.Keramik materiallar asosan qanday xom ashyolardan tayyorlanadi?
 Loy, qum va turli qo‘shimchalardan
55.Keramik buyumlar tuzilishiga ko‘ra nechta turga bo‘linadi?
 2 turga
56.Qurilishda ishlatiladigan eng oddiy keramik buyum bu —?
 G’isht
57.G‘isht tayyorlash uchun asosiy xom ashyo:?
 Gil
58.G‘ishtni pishirish harorati odatda:?
 800–1000°C
59.Oddiy sopol g’ishtiningGOSTbo‘yicha nominal o‘lchamlarini ko‘rsating?
 250x120x65
60.Oddiy Qurilish g’ishtni markalarini ko‘rsating?
 75,100,125,150,200,250,300
61.Keramzit nima?
 Pishirilgan kengaytirilgan loy
62.Keramzitning asosiy afzalligi nimada?
 Issiqlik va tovush izolyatsiyasi yaxshi
63.G‘isht quyidagi bosqichlardan o‘tadi:?
 Quritish, pishirish, sovutish
64.Keramik materiallari tayyorlashda kuyib ketadigan qo‘shimcha sifatida nimalar ishlatiladi?
 Arra tufon, ko‘mir maydasi.
65.Qaysi keramik material yong‘inga chidamli hisoblanadi?
 Shamot
66.Oddiy Qurilish g’ishti kamida necha sikl Sovuqka chidamlilikga ega bo‘lishi kerak?
 15
67.Tom yopish uchun ishlatiladigan keramik buyum:?
 Cherepitsa
68.Keramik buyumlarning asosiy fizik xossalari:?
 Qattiqlik va issiqlikka chidamlilik
69.Sopol buyumlarning eng asosiy kamchiligi nima?
 Mo’rtligi
70.Keramika so‘zi qaysi so‘zdan olingan?
 Yunoncha “keramos”
71.Qurilish keramikasi sanoatida eng muhim texnologik jarayon:?
 Pishirish
72.…………………………deb, pishirish jarayonida quruq namunaning chiziqli o‘lchamlarining o‘zgarishiga aytiladi?
 Olovda kichrayishi
73.Keramik materiallarga cho‘ktirmaydigan qo‘shimcha sifatida nimalar  ishlatiladi?
 Kvars qumi, shamot, shlaklar
74.…………. – gilning yuqori harorat ta’siriga shakli o‘zgarmay bardosh bera olish xossasidir
 Olovbardoshligi
75.Sopol buyumlar necha xil usulda qoliplanadi?
 3 xil usulda

76.Qurilish oynalarining qurilish-texnika xossalarini yaxshilash uchun ba’zi oynalarning tarkibiga bor oksidi nima uchun qo’shiladi?
 Oynaning issiqga chidamliligini oshirish uchun
77.Qurilish oynalarining qurilish-texnika xossalarini yaxshilash uchun ba’zi oynalarning tarkibiga aluminiy oksidi nima uchun qo’shiladi?
 Oynaning mexanik mustahkamligini oshirish uchun
78.Shisha suyuqlantirish o‘choqlarida  necha gradusda suyuqlantiriladi?
 1400-15000C
79.Shisha  bloklarni ishlatilish soxasini ko‘rsating?
 Devorbop to‘siq
80.Shisha strukturasi qanday tuzilishga ega?
 amorf tuzilishga
81.Qurilishda ishlatiladigan shishaning asosiy tarkibiy qismi qaysi?
 Kremniy oksidi
82.Qurilish oynalarining shaffofligini kamaytirish uchun nima qo‘shiladi?
 Metall oksidlari
83.Bor oksidi (B₂O₃) oynaga qanday xossa beradi?
 Issiqqa chidamlilikni oshiradi
84.Qurilish oynalari qanday usulda olinadi?
 Shishani quyish va sovitish
85.Temperlangan oyna deganda nima tushuniladi?
 Harorat bilan mustahkamlangan oyna
86.Shisha qaysi haroratda eriy boshlaydi?
 1000°C dan yuqori
87.Oynaning yorqinligi asosan nimalarga bog‘liq?
 Yuzasining silliqligi va tiniqligiga
88.Qurilish oynalari qalinligi odatda necha mm bo‘ladi?
 2–8 mm
89.Oynaning mexanik mustahkamligini oshirish uchun qo‘llaniladigan usul bu—………..?
 Temperlash
90.Rangli oynalar tayyorlashda qaysi modda ishlatiladi?
 Mis oksidi 
91.Shisha sirtiga qoplama berishdan maqsad —?
 Mexanik, kimyoviy va optik xossalarni yaxshilash
92.Oyna ishlab chiqarishda ishlatiladigan asosiy xomashyo —?
 Qum
93.Shisha ishlab chiqarishdagi asosiy texnologik jarayon —?
 Quyish va sovitish
94.Shishaning “kimyoviy barqarorligi” deganda nimani tushunamiz?
 Kimyoviy ta’sirlarga chidamliligi
95.Suyuqlantirilgan shisha massasiga metall to‘r presslab kiritib gorizontal prokatlash usulida tayyorlangan oyna qanday nomlanadi?
 Armirovka qilingan oyna
96.Mineral bog‘lovchi moddalar qotish va mustahkamligini uzoq vaqt saqlab qolish sharoitiga qarab necha guruhga bo‘linadi?
 3 guruhga
97.Mineral bog‘lovchi moddalar qotish va mustahkamligini uzoq vaqt saqlab qolish sharoitiga qarab qanday guruhlarga bo‘linadi?
 Barcha javoblar to’g’ri
98.Havoiy bog’lovchi moddalar ishlab chiqarish usuli va qotish xususiyatlariga qarab necha   guruhga bo‘linadi?
 3 ta guruhga
99.Magnezial bog‘lovchilar olish uchun ishlatiladigan tog’‘ jinsini ko‘rsating?
 Dolomit
100.Havoiy gips  bog’lovchi moddalar ishlab chiqarish usuli va qotish xususiyatlariga qarab qanday  guruhga bo‘linadi?
 kuydirilgan,kuydirilmagan,aralash
101.CaSO4·2H2O -bu kimyoviy formula qaysi tog’ jinsiga tegishli?
 Gips toshi
102.Shakarga  o‘xshash sinadigan donador zich gips  bu -………?
 Alebastr
103.Yassi shaffof kristallar shaklidagi tekis yuzali gips nima deb atalad?
 gips shpati
104.Mayin  tolali, ipaksimon yaltiroq, to‘g‘ri ipsimon kristallardan tuzilgan gips – …………? 
 Selenit
105.Sof gipsning kimyoviy tarkibi, % (massa bo‘yich+qanday?
 CaO – 32,6%; SO₃ – 46,5%; H₂O – 20,9%
106.Tuzilishiga qarab, gips qanday turlarga bo‘linadi?
 alebaster, gips shpati, selenit
107.Gips qanday bog’lovchi moddalar guruhiga kiradi?
 Havoiy
108.Qurilish gipsini kamchiligi?
 Suvga chidamsizligi
109.Suvsiz kalsiy sulfat CaSO4  bu-…………..dir?
 Angidrit
110.Havoda qotuvchi ohak qanday  turlarga bo‘linadi?
 so’ndirilgan va so’ndirilmagan
111.Havoda qotuvchi so‘ndirilgan oxakning formulasini ko‘rsating?
 Ca(OH)2  
112.Ohaktosh qanday tog’jinsi hisoblanadi?
 cho’kindi
113.Sof ohaktoshdan olinadigan ohak bog’lovchisi qaysi guruhga kiradi?
 Havoiy
114.Tarkibida  necha foizgacha tuproq aralashmalari bo‘lgan mergelli ohaktoshlardan gidravlik ohak olinadi?
 6% dan 20% gacha
115.Gidravlik ohak qanday pechlarda kuydiriladi?
 Shaxtali
116.Gidravlik ohak qanday turlarda ishlab chiqariladi?
 kuchli va kuchsiz
117.Gidravlik ohak ishlab chiqarish  qanday  jarayonlaridan iborat?
 maydalash, kuydirish va  tuyish
118.Gidravlik ohak qanday haroratda pishiriladi?
 900–1200 °C
119.Gidravlik ohakning asosiy xossasi nima?
 Suvda ham qotadi va mustahkamlanadi
120.Tarkibida kamida 23% tuproq aralashmalari bo‘lgan, ohaktosh yoki magnezial mergellarni kuydirish va mayin qilib tuyish orqali olingan kukunsimon bog‘lochi modda  nima deyiladi?
 Romansement
121.Sement sun’iy bog‘lovchi material sifatida dastlab  kim tomonidan “Portlandsement” nomi bilan kashf etilgan?
 Dj.Aspdin
122.Sement xamirining normal quyuqligi qaysi asbobda aniqlanadi?
 Vika
123.Sementning qotish muddati qaysi asbobda aniqlanadi?
 Vika
124.Portlandsement ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyolar nima?
 Ohaktosh va gil

125.Portlandsement nomi qayerdan olingan?
 Angliyadagi Portland orolidan
126.Portlandsementning qotish jarayoni qanday deb ataladi?
 Gidratatsiya
127.Sement klinkeri qanday hosil bo‘ladi?
 Aralashmani 1450°C gacha qizdirish orqali
128.Sement ishlab chiqarishda pechda qizdirilgan material nima deyiladi?
 Klinker
129.Tamponaj portlandsement qayerda ishlatiladi?
 Quduq qazishda
130.Klinker nima  degani?
 Klinker tarkibi 72-75 % ohaktosh va 22-25 % giltuproq  aralashmasini pishirib  olinadi
131.Sement sun’iy bog‘lovchi material sifatida dastlab qaysi davlatlarda kashf qilingan?
 Angliya vaRossiyada
132.O’zbekistonda ishlab chiqariladigan yillik sement mahsulotlarini qancha foizi portlandsement ulushiga to’g’ri keladi?
 65,5%
133.Portlandsement  mexanik mustahkamligiga qarab nechta  markaga bo‘linadi?
 4 ta
134.Portlandsementni markalari  qanday?
 400,500,550,600
135.Portlandsementning markasi nimalarga qarab belgilanadi?
 Mexanik (siqilishga) mustahkamligi
136.Portlandsement markasi 500 deganda bu nimani anglatadi?
 siqilishga mustahkamlik 500 kg/sm²
137.Sement tarkibida ohaktosh bilan birga qandiy oksid kiritiladi?
 Kalsiy oksid
138.Portlandsement klinkeri qanday kimyoviy tarkibiga ega bo‘lishi kerak?
 63– 68% CaO; 4–8% Al2O3; 19–24% SiO2; 2 – 6% Fe2O3
139.Xom ashyo aralashmasini tayyorlash usuliga qarab portlandsement  necha xil usullarda ishlab chiqariladi?
 3
140.Xom ashyo aralashmasini tayyorlash usuliga qarab portlandsement  qanday usullarda ishlab chiqariladi?
 xo’l va quruq
141.Alit nima?
 Uchkalsiy silikat
142.Belit nima?
 Ikki kalsiy silikat
143.Selit nima?
 Uch kalsiy alyuminat
144.Ferrit nima?
 To‘rt kalsiyli alyumoferrit
145.Kompozitsion sistemani tashkil qilib, ko‘p funktsional vazifaga ega bo‘lgan quruq komponentlardan tashkil topgan  material bu…………?
 Quruq qurilish qorishmasii
146.QQQ ning asosiy tashkil qiluvchilari to’g’ri  ko’rsatilgan qatorni toping?
 Bog‘lovchi modda, to‘ldiruvchi,mikroto’ldiruvchi,maxsus qo‘shimchalar
147.Quruq qurilish qorishmalari tasniflanadigan   omillardan birini ko’rsating.?
 Bog’lovchi turiga ko’rar
148.QQQ mikroto‘ldirgichlar donalarining eng katta yirikligi necha  mm gacha bo’ladi?
 2,5 mm gacha
149.Portlandsement  klinkeri va granullangan domna shlakni bir oz gips qo‘shib birgalikda maydalab hosil qilinadigan gidravlik bog‘lovchi modda bu:?
 Shlakoprtlndsement
150.SHlako portlandsement olishda shlak miqdori qancha miqdorda bo‘lishi kerak?
 Massaga nisbatan 20-80% gacha
151.Portlandsement klinkerini tuyish jarayonida massa bo’yicha necha foizgacha gips bog’lovchisi qo’shiladi?
 5 foizgacha
152.Tez qotadigan portlandsement qotishining dstlabki necha  kunida mustahkamligi tez oshib borishi bilan ajralib turadi?
 3 kunida
153.Tez qotadigan  portlandsement klinkerini tuyishda massa bo’yicha necha foizgacha  faol mineral qo‘shimchalar   qo‘shishga yo‘l qo‘yiladi?
 ko‘pi bilan 15%
154.Gidrofob portlandsement -  portlandsement klinkerni tuyishda sement massasiga ko‘ra  qancha  miqdorda gidrofoblovchi qo‘shimcha kiritib hosil qilinadi?
 0,1 – 0,3 miqdorda
155.Sulfatga chidamli portlandsement qanday markada ishlab chiqariladi?
 400 markada
156.Oq portlandsementlar tayyorlashda tarkibiga qanday qo’shimchalar qo’shiladi?
 oq kaolinli gil
157.Mineral bog‘lovchi modda, suv, to‘ldirgichlar va zarur bo‘lgan hollarda maxsus qo‘shimchalarning qotishi natijasida olinadigon sun’iy tosh materialga _________deyiladi?
 Beton
158.Beton qorishmasining faol tarkiblari qaysilar?
 bog’lovchi   va suv
159.To‘ldirgichlar  beton hajmining  necha foizini egallaydi?
 80%-85%
160.Beton qorishmasini tayyorlashda qanday suv ishlatiladi?
 Toza ichimlik suvi
161.Kislotaga chidamli beton olishda qanday bog’lovchilar ishlatiladi?
 Suyuq shisha
162.O‘rtacha zichligi bo‘yicha betonlar nicha guruhga bo’linadi?
 5ta guruhga
163.To‘ldirgichlar (qum, shag‘al va maydalangan tosh) betonning …………     hosil qiladi?
 qobirg’asini
164.Og’ir betonning o’rtacha zichligi qancha bo’ladi?
 2100-2500 kg/m3
165.Maxsus og’ir betonning o’rtacha zichligi qancha bo’ladi?
 2500 kg/m3dan ortiq
166.Yengillashtirilgan betonning o’rtacha zichligi qancha bo’ladi?
 1800-2100 kg/m3
167.Yengil  betonning o’rtacha zichligi qancha bo’ladi?
 500-1800 kg/m3
168.Bog‘lovchi moddaning turiga ko‘ra betonlar necha guruhga bo’linadi?
 5 ta guruhga
169.Betonlar zich tuzilishliga ta’rif bering?
 to‘ldirgich donalari sohasidagi hamma bo‘shliq qotib qolgan bog‘lovchi bilan va g‘ovaklari havo bilan to‘liq bo‘ladi
170.Betonlar g‘ovak tuzilishiga  ta’rif bering?
 to‘ldirgich donalari orasidagi bo‘shliq qotib qolgan bog‘lovchi bilan va g‘ovaklar orasi ko‘pik yoki gaz xosil qilgichlar bilan to‘lgan bo‘ladi
171.Betonlar  g‘adir-budur tuzilishiga ta’rif bering?
 qotib qolgan bog‘lovchi va qumtuproqli qo‘shimcha hamda bir tekis taqsimlangan va gaz yoki ko‘pik hosil qilgichlardan hosil bo‘ ladi
172.Betonlar yirik g‘ovak tuzilishiga  ta’rif bering?
 yirik to‘ldirgichlar donalarining orasidagi bo‘shliq mayda to‘ldirgichlar va qotib qolgan bog‘lovchilar bilan to‘lmagan bo‘ladi
173.Tuzilishiga qarab betonlar necha guruhga bo’linadi?
 4 guruhga
174.Vazifasiga ko‘ra betonlar necha guruhga bo’linadi?
 5 guruhga
175.Og‘ir beton uchun mayda to‘ldirgich sifatida nima ishlatiladi?
 Qum
176.Ishlatishdan oldin tabiiy to‘ldirgichlar zararli aralashmalardan tozalanadi, maydalanadi xamda elab fraktsiyalarga ajratiladi va xokazo. Bu jarayon nima  deb ataladi?
 Boyitish
177.Sement, to‘ldirgichlar, suv va zarur bo‘lgan hollarda qo‘shimchalarni qoliplanishi va qotishi boshlangunigacha bo‘lgan aralashmasiga  nima deyiladi?
 beton qorishmasi
178.Beton qorishmasining betonlanadigan buyum qolipini to‘ldirish va  og‘iruk kuchi ta’siri ostida yoki tashqi mexanik ta’sir natijasida zichlanish xususiyati nima?
 Qulay yotqizuvchanlik
179.Beton qorishmasining qulay yotqizuvchanlik xossasi  qanday omillar bilan baxolanadi?
 suriluvchanlik yoki bikrlik bilan
180.Beton qorishmasini     o‘z massasasi ta’siri ostida yoyiub ketish xususiyatiga nima deyiladi?
 Suruluvchanligi
181.Beton qorishmasini   - titratish ta’sirida uning yoyiushi va qolipning to‘ldirish xususiyati bu…….?
 Bikrligi
182.Tashilayotganda, tushiralyotganda va to‘ldirishda beton aralashmasini qatlamlarga ajralmasuk hususiyati bu-…….?
 bog’lanuvchanligi
183.Beton mexanik xossalarining asosiy ko‘rsatgichi………………... hisoblanadi?
 Siqilishga mustahkamligi
184.Beton mustahkamligi  asosan nimalarga  bog‘liq?
 S/S ga va sement markasiga
185.Atrofdagi muhitning fizik- kimyoviy ta’siri ostida betonning yemirilishiga  nima deyiladi?
 Betonning nurashi
186.Gidrotexnik beton qanday beton turiga kiradi?
 maxsus beton
187.Gidrotexnik betonning siqilishga mustahkamligi  necha kundan keyin aniqlanadi?
 180 kundan keyin
188.Temirbetonning asosiy tarkibiy qismlari qaysilar?
Armatura   va beton
189.Temirbeton buyumlar ishlab chiqarishda eng ko‘p ishlatiladigan armatura materiali qaysi?
 Po’lat
190.Oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton buyumlarda armatura...?
 Beton quyilishidan oldin zo‘riqtiriladi
191.Po‘lat armatura ………..ga yaxshi qarshilik ko‘rsatadi?
 cho’zilishga
192.Tayyorlanish usuliga ko‘ra temir-beton buyumlar    qanday turlarga bo‘linadi?
 Yaxlit va yig‘ma
193.Vazifasiga ko‘ra yig‘ma temir-beton buyumlar  nechta  asosiy guruhga bo‘linadi?
 4 ta
194.Temir - beton buyumlarni ishlab chiqarish  qanday texnologik jarayonlarni o‘z ichiga oladi?
 barcha javob to’g’ri
195.Temir-beton buyumlarni ishlab chiqarish usullari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni ko’rsating?
 stend, agregat-potok, konveyer va  vibroprokat usullari
196.Ishlab chiqarishda temir-beton buyumlar qo‘zg‘almas qoliplarda tayyorlanadi, texnologik mexanizmi va agregatlari esa postdan postga siljiydi va har qaysi postda tegishli operatsiyalar ketma-ket bajariladi.Bu qaysi usul?
 Stend
197.Ishlab chiqarishda qoliplanadigan temir-beton buyumlr potok bo‘ylab bitta texnologik postdan boshqasiga transport vositalari yordamida siljitiladi. Bu qaysi usul?
 agregat-potok
198.Ishlab chiqarishda taglik aravachalarda qoliplanadigan temir-beton buyumlar berilgan majburiy ritmli texnologik potok bo‘yicha siljiydi. Bu qaysi usul?
 Konveyer
199.Temir-beton buyumlarining uzluksiz to‘la mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishga imkon beradi. Bu qaysi usul?
 uzluksiz vibroprokat
200.Mexanik usulda armaturani taranglashtirishda qanday qurilmadan voydalaniladi?
 Domkratlar yerdamida