Qurilish materiallari va buyumlari
?.Bino va inshootlar tannarxining qanchasi qurilish materiallari xissasiga to’g’ri keladi?
qurilish materiallari tannarxning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etadi( 50-60%)
? Qurilish materiallarini ko‘rsating?
Ohak gips terak, qayrag‘och, tol, yong‘oq, tut va archa
? Qurilish buyumini ko‘rsating?
plita, ustun, rigel, nurlatgichlar), beton bloklar, g‘ishtlar, panellar, zinapoya marshlari, eshik va deraza bloklari, tom yopma buyumlari hamda sanitariya-texnik
? Tabiiy materialni ko‘rsating?
qum, shag‘al, chaqiq tosh, tabiiy toshlar (granit, marmar, ohaktosh), yog‘och hamda loy kiradi.
? Sun’iy materialni ko‘rsating?
sement, ohak, gips, g‘isht, beton va temir-beton, gazobeton va penobeton bloklar, keramika materiallari, shisha, metall buyumlar, plastmassa hamda turli izolyatsiya va pardozlash materiallari kiradi.
? Materialni kimyoviy tarkibi qanday ifodalanadi?
Materiallarning kimyoviy tarkiblari unga tegib turgan moddalar ta’siri ostida kimyoviy o‘zgarish xususiyatini ko‘rsatadi. Materialning kimyoviy xossalari juda xilma-xil bo‘lib, ulardan asosiylari – kimyoviy jixatdan turg‘unligi va zanglashga bardoshligidir
? Qurilish materiallari kelib chiqishiga ko‘ra qanday bo‘ladi
Tabiiy va sun’iy
? Materialning mineralogik tarkibi qanday aniqlanadi?
Materialning mineralogik tarkibi petrografik tahlil, rentgenfazaviy tahlil, kimyoviy tahlil va termik tahlil usullari yordamida aniqlanadi. Bu usullar orqali material tarkibidagi minerallarning turi va miqdori belgilanadi.
? Materialni makro strukturasi nima?
Materialning makro strukturasi – bu materialni ko‘z bilan yoki lupa bilan ko‘rib, uning bo‘laklari, g‘ovakligi, yoriqlari va tashqi ko‘rinishini aniqlashdir.
? Materialni mikro strukturasi nima?
Materialning mikro strukturasi – mikroskop yordamida ko‘riladigan, uning bo‘laklari, minerallari va ichki tuzilishini aniqlashdir.
? Qurilish materiallari ishlatiIish sharoitiga ko‘ra qanday turlarga bo’linadi?
konstruktiv va maxsus turlarga bo‘linadi
? Qurilish materiallarining xossalari ularning ………………… bog‘liq bo‘ladi.
Tarkibiga va tuzilishiga
? Jism tarkibidagi material zarrachalar yig‘indisi bu-………
massa
? Materialning qanday xossalari uning tuzilishini yoki atrof-muhitdagi fizik jarayonlarga munosabatini ko‘rsatadi?
Fizik xossasi
? Qurilish materiallari va buyumlarini ishlatish davrida hisobga olinadigan xossalari bu-………… fizik, mexanik, issiqlik va gidrofizik xossalari.
? Qurilish materiallarining kimyoviy xossasi nima?
bu materialning kimyoviy tarkibi va tashqi muhit bilan kimyoviy reaksiyaga kirishish xususiyatlarini bildiradi. Bu xossalar materialning bardoshliligi va uzoq muddat ishlash qobiliyatini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
? Qurilish materiallarida korroziya deganda nima tushuniladi?
bu materialning, asosan metallar va temir po‘latning, tashqi muhit (suv, havo, kislorod, kimyoviy moddalar) ta’sirida kimyoviy yoki elektroximikiyaviy reaksiyaga kirib, asta-sekin buzilishi jarayonidir.
? Kimyoviy jihatdan barqaror materialga misol qaysi?
suv, havo, kislota, ishqor, kimyoviy moddalar, zanglamaydigan polat, oltin, platina, shisha
? Qurilish materiallarining mexanik xossalari nimani ifodalaydi?
Mustahkamlik va mustahkamlik chegarasi
? Mutloq zich holatdagi, ya’ni g‘ovaksiz va kovaksiz material massasining hajmiga nisbati bu-………..deyiladi.
Haqiqiy zichlik
? Qurilish materialining zichligi qanday kattalik bilan ifodalanadi?
og‘irligi va mustahkamligini baholashda muhim parametr hisoblanadi.m m/v
?Sochiluvchan materiallar (sement, qum, chaqiq tosh, shag‘al va boshqalar) uchun qanday zichlik aniqlanadi?
To’kma
? Qanday materiallar uchun to‘kma xajmiy massa aniqlanadi?
sement, qum, chaqiq tosh, shag‘al va boshqalar
? Qaysi materiallarning xaqiqiy va o‘rtacha zichligi teng?
Zich material po’lat, shisha, bitum
? Materialning suvni o‘ziga singdirish qobiliyati nima deb ataladi?
Suv shimuvchanlik
? Hajmi yoki massasiga ko‘ra suv shimuvchanlik qanday kattalikda ifodalanadi?
Foizlarda
? Suv shimuvchanlikni nima bilan ifodalaysiz?
bardoshliligi va chidamliligini baholashda muhim ko‘rsatkich hisoblanadi.
?Atrofdagi havo namligi oshganda g‘ovakli materiallarning ma’lum miqdorda suv shimib olish xossasiga …………..deyiladi.
gigroskopiklik
? Materialning tashqi kuchlarga bardosh berish xossasi nima deyiladi?
Mexanik xossasi
? Materialning deformatsiyalardan so‘ng dastlabki shaklini tiklash xossasi — bu: elastiklik
? Qurilish materialining g‘ovakligi nimani bildiradi?
Materialning g‘ovakligi – deb uning hajmining g‘ovaklar bilan to‘ldiriush darajasiga aytiladi.
? Issiqlikni o‘tkazish xossasi qanday ataladi?
materialni chegaralab turuvchi yuzalarda harorat turlicha bo‘lganda o‘z qatlami orqali issiqlik uzatish xossasidir.
? Materialning tashqi muhit ta’siriga chidamliligi — bu: chidamlilik (barqarorlik)
? Yong‘in chiqqan sharoitlarda yuqori haroratlar va suv ta’siriga materialning qarshilik ko‘rsatish xususiyati bu-…………
olovbardoshlik
?. ………….– deb materialga yuqori harorat uzoq vaqt ta’sir qilganda erimasdan va shakli o‘zgarmasdan chidash xossasiga aytiladi.
O’tga chidamlilik
? Materialning tashqi kuchlar ta’sirida shakli o‘zgarmay bir onda buzilish xossasi nima deyiladi?
Mo’rtlik
? ………. deb, yedirilish va zarb birgalikda ta’sir qilganda materialning buzilishiga aytiladi.
yeyilish
? Tog’‘ jinsi nima?
Tog‘ jinslaridan faqat mexanik usulda ishlov berish yo‘li bilan (maydalash, parchalash, arralash, jilvirlash, jilolash va boshqa yo‘llar bilan) olinadigan Qurilish materialllari tabiiy tosh materialalar deb ataladi
? Qum, Shag‘al va tuproq tog’‘ jinslarini qaysi guruxiga kiradi?
Cho’kindi
? Tog‘ jinslaridan qanday usulda ishlov berish yo‘li bilan olinadigan Qurilish materialllari tabiiy tosh materialalar deb ataladi?
mexanik
? Mexanik ishlov berish usullari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping?
Maydalash, parchalash, arralash, jilvirlash, jilolash
? Mineral so’zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni bildiradi?
Lotin tilida minera-ruda
? Monomineral jinslar deb qanday jinslarga aytiladi?
Bitta mineraldan iborat tog’ jinslari
? Kelib chiqishi bo‘yicha tog‘ jinslari necha guruxga bo‘linadi?
3 guruhga
? Tog’ jinslari turlari qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
Magmatic, cho’kindi, metamorfik
? Diabaz, bazalt va vulkan kuli tog’‘ jinslarini qaysi guruxiga mansub?
Magmatic (Otilib chiqib oqqan tog‘ jinslari)
? ………………… magmatik tog‘ jinslari o‘ta darajada zichligi, sovuqqa chidamliligi va suvni kam shimib olishi bilan ajralib turadi.
Chuqur (intruziv)
? Magmatik tog’ jinslari qanday xosil bo‘lgan?
olov suyuq massa – magmaning sovishi natijasida hosil bo‘lgan. Magma yer qobig‘ini yorib chiqib yer yuzasida yoyiladi yoki yer qobig‘i ustida soviydi.
? Magmatik tog’jinsi asosida olinadigan qurilish materialini toping?
Granit, diorit, diabaz, bazalt
? Mineral xomashyoga texnologik ishlov berib, yuqori haroratda kuydirish natijasida olingan materialiar qanday materiallar deyiladi?
Keramik materiallar
? Keramika so’zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni bildiradi?
«Keramika,) so‘zi lotincha (,keramos,) so‘zidan olingan bo‘lib, glina (gil) ma'nosini bildiradi.
? Keramik buyumlar tuzilishiga ko‘ra ………… keramik buyumlarga bo‘linadi
G’ovak va zich
? G‘ovak keramikaning suv shimuvchanligi massa bo‘yicha necha foizdan ko‘p bo‘ladi?
5% ko’p
? Zich keramikaning suv shimuvchanligi massa bo’yicha necha foizdan kam bo‘ladi?
5% kam
? Keramik materiallar asosan qanday xom ashyolardan tayyorlanadi?
Gil, kvars, dala shpati
? Keramik buyumlar tuzilishiga ko‘ra nechta turga bo‘linadi?
2 turga
? Qurilishda ishlatiladigan eng oddiy keramik buyum bu — g’isht
? G‘isht tayyorlash uchun asosiy xom ashyo: gil(loy)
? G‘ishtni pishirish harorati odatda: 900*-1050*
? Oddiy sopol g’ishtiningGOSTbo‘yicha nominal o‘lchamlarini ko‘rsating?
250\120\65 mm
? Oddiy Qurilish g’ishtni markalarini ko‘rsating?
M75, M100, M125, M150, M200
? Keramzit nima?
yengil eruvchan loysimon jinsni pishirib olinadigan gʻovak material. Shagʻal, chaqiq tosh yoki qum koʻrinishida tayyorlanadi.-- Gilni yuqori haroratda kuydirib olinadigan g‘ovakli yengil sun’iy to‘ldirgich
? Keramzitning asosiy afzalligi nimada?
Yengilligi va issiqni yaxshi saqlaydi
? G‘isht quyidagi bosqichlardan o‘tadi:
Xom ashyo tayyorlaash – qoliplash- quritish- pishirish
? Keramik materiallari tayyorlashda kuyib ketadigan qo‘shimcha sifatida nimalar ishlatiladi?
talas, ko’mir kukuni, torf, somon
? Qaysi keramik material yong‘inga chidamli hisoblanadi?
o’tga chidamli g’isht(shamol g’ishti)
? Oddiy Qurilish g’ishti kamida necha sikl Sovuqka chidamlilikga ega bo‘lishi kerak?
15 sikl
? Tom yopish uchun ishlatiladigan keramik buyum:
Cherepitsa (spool tom yopma )
? Keramik buyumlarning asosiy fizik xossalari:
Zichlik,g’ovaklik, suv shimuvchanligi, sovuqqa chidamlilik
? Sopol buyumlarning eng asosiy kamchiligi nima?
Mo’rtligi
? Keramika so‘zi qaysi so‘zdan olingan?
Lotincha yo yunoncha
? Qurilish keramikasi sanoatida eng muhim texnologik jarayon:
pishirish
? …………………………deb, pishirish jarayonida quruq namunaning chiziqli o‘lchamlarining o‘zgarishiga aytiladi
cho’kish
? Keramik materiallarga cho‘ktirmaydigan qo‘shimcha sifatida nimalar ishlatiladi?
Qum, kul, shamot
?…………. – gilning yuqori harorat ta’siriga shakli o‘zgarmay bardosh bera olish xossasidir
O’tga chidamlilik
? Sopol buyumlar necha xil usulda qoliplanadi?
3 xil
? Qurilish oynalarining qurilish-texnika xossalarini yaxshilash uchun ba’zi oynalarning tarkibiga bor oksidi nima uchun qo’shiladi
Issiqqa chidamliligini oshiradi
? Qurilish oynalarining qurilish-texnika xossalarini yaxshilash uchun ba’zi oynalarning tarkibiga aluminiy oksidi nima uchun qo’shiladi?
Mustahkamligi va kimyoviy turg’unligini oshiradi
? Shisha suyuqlantirish o‘choqlarida necha gradusda suyuqlantiriladi?
1400-1500
? Shisha bloklarni ishlatilish soxasini ko‘rsating
Shisha bloklar turar joy, jamoat va sanoat binolarida yorug‘lik o‘tkazuvchi ichki va tashqi devorlar, oradevorlar hamda fasadlarda qo‘llaniladi.
? Shisha strukturasi qanday tuzilishga ega?
amorf (kristallsiz) tuzilishga ega bo‘lib, unda atomlar tartibsiz joylashgan.
? Qurilishda ishlatiladigan shishaning asosiy tarkibiy qismi qaysi?
Sof kvars qum, ohaktosh dolomit, kaltsinirlangan soda, natriy sulfat
? Qurilish oynalarining shaffofligini kamaytirish uchun nima qo‘shiladi?
Metal oksidi (rang beruvchi qo’shimchalar)
? Bor oksidi (B₂O₃) oynaga qanday xossa beradi
Issiqqa chidamliligini oshiradi
? Oynaning asosiy texnik xossalaridan biri bu —
Yorug’likni yaxshi o’tkazuvchanligi
? Qurilish oynalari qanday usulda olinadi?
Cho’zish, prokatlash, presslash
? Temperlangan oyna deganda nima tushuniladi?
Muayyan rejimda termik ishlav berilgan, mustahkamligi oshirilgan oyna
? Shisha qaysi haroratda eriy boshlaydi?
1400-1500
? Oynaning yorqinligi asosan nimalarga bog‘liq?
Tiniqligi va sirtining silliqligi
? Qurilish oynalari qalinligi odatda necha mm bo‘ladi?
2-6 mm
? Oynaning mexanik mustahkamligini oshirish uchun qo‘llaniladigan usul bu—………..
Termik ishlov berish( toblash, temperlash)
? Rangli oynalar tayyorlashda qaysi modda ishlatiladi?
marganets peroksid, xrom, kobal’t oksidlari
? Shisha sirtiga qoplama berishdan maqsad —.
Mustahkamlik va foydalanish xossalarini yaxshilash
? Oyna ishlab chiqarishda ishlatiladigan asosiy xomashyo —
Sof kvarts qumi
? Shisha ishlab chiqarishdagi asosiy texnologik jarayon —
Shisha massani suyuqlantirish
? Shishaning “kimyoviy barqarorligi” deganda nimani tushunamiz?
Kislotalarga chidamliligi, ishqor va suv ta’sirida sekin yemirilishi
? Suyuqlantirilgan shisha massasiga metall to‘r presslab kiritib gorizontal prokatlash usulida tayyorlangan oyna qanday nomlanadi?
Armirovka qilingan oyna
? Mineral bog‘lovchi moddalar qotish va mustahkamligini uzoq vaqt saqlab qolish sharoitiga qarab necha guruhga bo‘linadi?
3 guruhga
? Havoiy bog’lovchi moddalar ishlab chiqarish usuli va qotish xususiyatlariga qarab necha guruhga bo‘linadi?
3 guruhga
? Magnezial bog‘lovchilar olish uchun ishlatiladigan tog’‘ jinsini ko‘rsating
Magnezit, dolomit
? Havoiy gips bog’lovchi moddalar ishlab chiqarish usuli va qotish
Tabiiy gips yoki angidritni yuqori haroratda pishirib yarim suvli gips hosil qilinadi; suv bilan aralashtirilganda tez qotadi
? CaSO4·2H2O -bu kimyoviy formula qaysi tog’ jinsiga tegishli?
Tabiiy gips(digidrat)
? Yassi shaffof kristallar shaklidagi tekis yuzali gips nima deb atalad?
Gips shpati
? Mayin tolali, ipaksimon yaltiroq, to‘g‘ri ipsimon kristallardan tuzilgan gips
Selenit
? So ‘ndirilmagan ohak bo‘laklari yana qanday nom bilan ham ataladi?
Qaynovchi ohak
? Sof gipsning kimyoviy tarkibi, % (massa bo‘yich+qanday?
CaO – 32,6%; SO₃ – 46,5%; H₂O – 20,9%
? Tuzilishiga qarab, gips qanday turlarga bo‘linadi?
Alebaster, gips shpati, selenit
? Gips qanday bog’lovchi moddalar guruhiga kiradi?
Havoiy bog’lovchi moddalar
? Qurilish gipsini kamchiligi?
Tez qotadi, suv ostida mustahkamligi past
? Suvsiz kalsiy sulfat CaSO4 bu-…………..dir.
Angidrit
? Havoda qotuvchi ohak qanday turlarga bo‘linadi?
So’ndirilmagan ohak, so’ndirilgan ohak, ohak hamir
? Havoda qotuvchi so‘ndirilgan oxakning formulasini ko‘rsating
Ca(OH)4
? Ohaktosh qanday tog’jinsi hisoblanadi?
Cho’kindi tog’ jinsi
? Sof ohaktoshdan olinadigan ohak bog’lovchisi qaysi guruhga kiradi?
Havoiy bog’lovchi moddalar
? Tarkibida necha foizgacha tuproq aralashmalari bo‘lgan mergelli ohaktoshlardan gidravlik ohak olinadi?
6-20%
? Gidravlik ohak qanday turlarda ishlab chiqariladi?
So’ndirilgan va so’ndirilmagan kukun holida
? Gidravlik ohak ishlab chiqarish qanday jarayonlaridan iborat?
Maydalanish, kuydirish, tuyish ( so’ndirish)
? Gidravlik ohak qanday haroratda pishiriladi?
900-1100 gradus
? Gidravlik ohakning asosiy xossasi nima?
Suv ostida ham qotadi, gidravlik xossaga ega, mustahkamlik beradi
? Tarkibida kamida 23% tuproq aralashmalari bo‘lgan, ohaktosh yoki magnezial mergellarni kuydirish va mayin qilib tuyish orqali olingan kukunsimon bog‘lochi modda nima deyiladi.
Sement
? Sement sun’iy bog‘lovchi material sifatida dastlab kim tomonidan “Portlandsement” nomi bilan kashf etilgan?
Angliyada 1824 yili D.Aspdin tomonidan va Rossiyada 1825 yili Y.Cheliev tomonidan “Portlandsement” nomi bilan kashf etilgan
? Sement xamirining normal quyuqligi qaysi asbobda aniqlanadi?
? Sementning qotish muddati qaysi asbobda aniqlanadi?
? Portlandsement ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyolar nima?
tog‘ jinslari–mergellar, ohaktoshli (ohaktoshlar, bo‘r, chig‘anoqtosh, ohak tufi va boshqalar) va gilli tog‘ jinslari
? Portlandsement nomi qayerdan olingan?
O‘z nomini (Portlandsement) Angliyadagi Portlend shahri ѐnida qaziladigan tabiiy toshga o‘xshashligidan olgan.
?.Portlandsementning qotish jarayoni qanday deb ataladi?
gidratatsiyalanish
? Sement klinkeri qanday hosil bo‘ladi?
Sement klinkeri xom ashyo aralashmasini aylanuvchan pechda kuydirish natijasida hosil bo’ladi
? Sement ishlab chiqarishda pechda qizdirilgan material nima deyiladi?
Klinker
? Tamponaj portlandsement qayerda ishlatiladi?
Neft va gaz quduqlarini tomponaj qilishda
? Klinker nima degani?
xom ashyo aralashmasini yuqori haroratda to‘liq kuydirish natijasida hosil bo‘ladigan yarim tayyor mahsulotdir.
? Sement sun’iy bog‘lovchi material sifatida dastlab qaysi davlatlarda kashf qilingan?
sement sun’iy bog‘lovchi material sifatida dastlab 1824-yilda Angliyada D. Aspdin tomonidan va 1825-yilda Rossiyada Y. Cheliev tomonidan kashf etilgan.
? O’zbekistonda ishlab chiqariladigan yillik sement mahsulotlarini qancha foizi portlandsement ulushiga to’g’ri keladi?
65,5 %
? Portlandsement mexanik mustahkamligiga qarab nechta markaga bo‘linadi?
4 ta
? Portlandsementni markalari qanday?
400. 500. 550. 600
? Portlandsementning markasi nimalarga qarab belgilanadi?
Mexanik mustahkamligiga
? Portlandsement markasi 500 deganda bu nimani anglatadi?
yuqori mustahkamlikka ega bo’lib, yuqori mustahkam yig’ma va oldindan zo’riqtirilgan temir-beton konstruksiyalash olish
? Sement tarkibida ohaktosh bilan birga qandiy oksid kiritiladi?
Kalsiy oksidi CaO
? Portlandsement klinkeri qanday kimyoviy tarkibiga ega bo‘lishi kerak?
CaO – 63–68%, SiO₂ – 19–24%, Al₂O₃ – 4–8%, Fe₂O₃ – 2–6%.
?Xom ashyo aralashmasini tayyorlash usuliga qarab portlandsement necha xil usullarda ishlab chiqariladi?
3 xil usulda
? Xom ashyo aralashmasini tayyorlash usuliga qarab portlandsement qanday usullarda ishlab chiqariladi?
Ho’l, quruq, va kombinatsiyalangan
? Alit nima?
Uch kalsiyli silikat 3CaO*SiO2
? Belit nima?
Ikki kalsiyli silikat 2CaO*SiO2
? Selit nima?
Uch kalsiyli alyuminat 3CaO*AlO2O3
? Ferrit nima
To’rt kalsiyli alyumoferrit 4CaO*Al2O3*Fe2O3
? Kompozitsion sistemani tashkil qilib, ko‘p funktsional vazifaga ega bo‘lgan quruq komponentlardan tashkil topgan material bu…………
Quruq qurilish qorishmalari
? QQQ ning asosiy tashkil qiluvchilari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping?
Bog’lovci modda, to’ldirgichlar va kimyoviy qo’shimchalar
? Quruq qurilish qorishmalari tasniflanadigan omillardan birini ko’rsating.
Qo’llanish sohasi bo’yicha tasniflanadi
? QQQ mikroto‘ldirgichlar donalarining eng katta yirikligi necha mm gacha bo’ladi?
0.63 mm
? Portlandsement klinkeri va granullangan domna shlakni bir oz gips qo‘shib birgalikda maydalab hosil qilinadigan gidravlik bog‘lovchi modda bu:
shlakoportlandsementdir
? SHlako portlandsement olishda shlak miqdori qancha miqdorda bo‘lishi kerak?
Shlak miqdori sement massasining 21-60 % tashkil qilish kerak
? Portlandsement klinkerini tuyish jarayonida massa bo’yicha necha foizgacha gips bog’lovchisi qo’shiladi?
5 %
? Tez qotadigan portlandsement qotishining dstlabki necha kunida mustahkamligi tez oshib borishi bilan ajralib turadi?
3 kunida
? Tez qotadigan portlandsement klinkerini tuyishda massa bo’yicha necha foizgacha faol mineral qo‘shimchalar qo‘shishga yo‘l qo‘yiladi?
15 %
? Gidrofob portlandsement - portlandsement klinkerni tuyishda sement massasiga ko‘ra qancha miqdorda gidrofoblovchi qo‘shimcha kiritib hosil qilinadi?
0.1-0.3 foiz gidrofoblovchi qo’shimcha kiritib olinadi
? Sulfatga chidamli portlandsement qanday markada ishlab chiqariladi?
400 markada
? Oq portlandsementlar tayyorlashda tarkibiga qanday qo’shimchalar qo’shiladi?
Temir, marganets va xrom oksidlari kam bo’lgan sof ohaktosh, marmar va oq kaolin gil
? Mineral bog‘lovchi modda, suv, to‘ldirgichlar va zarur bo‘lgan hollarda maxsus qo‘shimchalarning qotishi natijasida olinadigon sun’iy tosh materialga _________deyiladi.
Beton
? Beton qorishmasining faol tarkiblari qaysilar?
Moddalar va suv
? To‘ldirgichlar beton hajmining necha foizini egallaydi?
80-85%
? Beton qorishmasini tayyorlashda qanday suv ishlatiladi?
Toza ichimlik suvi yoki texnologik suv
? Kislotaga chidamli beton olishda qanday bog’lovchilar ishlatiladi?
Kislotaga chidamli portlandsement yoki sulfatga chidamli sement
? O‘rtacha zichligi bo‘yicha betonlar nicha guruhga bo’linadi?
4 gurhga
? To‘ldirgichlar (qum, shag‘al va maydalangan tosh) betonning ………… hosil qiladi.
Hajmini va zichligini yoki hajmining 80-85% egallaydi va qobirg’asini hosil qiladi
? Og’ir betonning o’rtacha zichligi qancha bo’ladi?
2200-2500 kg/m3
? Maxsus og’ir betonning o’rtacha zichligi qancha bo’ladi?
2500-3500 kg/m3
? Yengillashtirilgan betonning o’rtacha zichligi qancha bo’ladi?
800-1800 kg/m3
? Yengil betonning o’rtacha zichligi qancha bo’ladi?
500-800 kg/m3
? Bog‘lovchi moddaning turiga ko‘ra betonlar necha guruhga bo’linadi?
3 guruhga
? Betonlar zich tuzilishliga ta’rif bering?
Butun hajm bo’ylab zich, g’ovaksiz yoki deyarli g’ovaksiz beton
? Betonlar g‘ovak tuzilishiga ta’rif bering?
Betonning ichki qismida kichik g’ovaklar mavjud bo’lgan holat
? Betonlar g‘adir-budur tuzilishiga ta’rif bering?
Ichki qismida katta va kichik g’ovaklar aralashgan, notekis tuzilishli beton
? Betonlar yirik g‘ovak tuzilishiga ta’rif bering?
Ichkiqismida katta g’ovaklar mavjud bo’lgan beton
? Tuzilishiga qarab betonlar necha guruhga bo’linadi?
4 guruhga
? Vazifasiga ko‘ra betonlar necha guruhga bo’linadi?
3 guruhga
? Og‘ir beton uchun mayda to‘ldirgich sifatida nima ishlatiladi?
qum
? Ishlatishdan oldin tabiiy to‘ldirgichlar zararli aralashmalardan tozalanadi, maydalanadi xamda elab fraktsiyalarga ajratiladi va xokazo. Bu jarayon nima deb ataladi.?
To’ldirgichlarni tayyorlash yoki fraktsiyalash jarayoni
? Sement, to‘ldirgichlar, suv va zarur bo‘lgan hollarda qo‘shimchalarni qoliplanishi va qotishi boshlangunigacha bo‘lgan aralashmasiga nima deyiladi?
Beton qorishmasi
? Beton qorishmasining betonlanadigan buyum qolipini to‘ldirish va og‘iruk kuchi ta’siri ostida yoki tashqi mexanik ta’sir natijasida zichlanish xususiyati nima?
Betonning sichqonlash xossasi (zichlanishi)
? Beton qorishmasining qulay yotqizuvchanlik xossasi qanday omillar bilan baxolanadi?
Yoyilish, yotqizilish va qolipni to’ldirish qobiliyati bilan
? Beton qorishmasini o‘z massasasi ta’siri ostida yoyiub ketish xususiyatiga nima deyiladi?
O’zi-yo’qiluvchanlik (o’z yoyishi)
? Beton qorishmasini - titratish ta’sirida uning yoyiushi va qolipning to‘ldirish xususiyati bu-…….
Plastiklik
? Tashilayotganda, tushiralyotganda va to‘ldirishda beton aralashmasini qatlamlarga ajralmasuk hususiyati bu-…….
Birikkanlik
?. Beton mexanik xossalarining asosiy ko‘rsatgichi………………... hisoblanadi.
mustahkamlik
? Beton mustahkamligi asosan nimalarga bog‘liq?
Bog’lovchi moddlar sifati, suv-to’ldirgich nisbati, qorishma texnologiyasi va qotish sharoitlariga
? Atrofdagi muhitning fizik- kimyoviy ta’siri ostida betonning yemirilishiga nima deyiladi?
Yemirilish yoki korroziya
? Gidrotexnik beton qanday beton turiga kiradi?
Maxsus beton guruhiga
? Gidrotexnik betonning siqilishga mustahkamligi necha kundan keyin aniqlanadi?
28 kun
? Temirbetonning asosiy tarkibiy qismlari qaysilar?
Beton va po’lat armatura
? Temirbeton buyumlar ishlab chiqarishda eng ko‘p ishlatiladigan armatura materiali qaysi?
Po’lat armature (sterjenlar, to’rlar, sinchlar)
? Oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton buyumlarda armatura...
Beton quyilishidan oldin yoki keyin tortib oldindan taranglanadi
? Po‘lat armatura ………..ga yaxshi qarshilik ko‘rsatadi
Cho’zilishga
? Tayyorlanish usuliga ko‘ra temir-beton buyumlar qanday turlarga bo‘linadi?
Yaxlit va yig’ma
? Vazifasiga ko‘ra yig‘ma temir-beton buyumlar nechta asosiy guruhga bo‘linadi?
4 ta guruhga
? Temir - beton buyumlarni ishlab chiqarish qanday texnologik jarayonlarni o‘z ichiga oladi?
• Beton qorishmasini tayyorlash
• Armaturani tayyorlash va armirovka qilish
• Qoliplash
• Issiq-nam bilan ishlov berish
• Buyumlarning yuza tomonini pardozlash
? Temir-beton buyumlarni ishlab chiqarish usullari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni ko’rsating?
• Stend usuli
• Kasseta usuli
• Potok-agregat usuli
• Konveyer usuli
• Uzluksiz vibroprokat usuli
? Ishlab chiqarishda temir-beton buyumlar qo‘zg‘almas qoliplarda tayyorlanadi, texnologik mexanizmi va agregatlari esa postdan postga siljiydi va har qaysi postda tegishli operatsiyalar ketma-ket bajariladi.Bu qaysi usul?
Stend usuli
? Ishlab chiqarishda qoliplanadigan temir-beton buyumlr potok bo‘ylab bitta texnologik postdan boshqasiga transport vositalari yordamida siljitiladi. Bu qaysi usul?
Potok-agregat usuli
? Ishlab chiqarishda taglik aravachalarda qoliplanadigan temir-beton buyumlar berilgan majburiy ritmli texnologik potok bo‘yicha siljiydi. Bu qaysi usul?
Konveyer usuli
? Temir-beton buyumlarining uzluksiz to‘la mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishga imkon beradi. Bu qaysi usul?
Uzluksiz vibroprokat usuli
? Mexanik usulda armaturani taranglashtirishda qanday qurilmadan voydalaniladi?
Gidravlik domkratlar
? Yuqori bosim va haroratdagi suv bug‘i ostida sintez qilingan minerallar bu……….
Avtoklavli materiallar
? Gidrosilikat asosida tayyorlanadigan materiallarga _____________ qotiriladigan materiallar deyiladi
Gidratlanadigan (gidrosilikat) materiallar